25/04/2024

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 2 707 kishini tashkil etdi.

Har 1000 aholiga  ko‘chib kelish koeffitsiyenti 5,4 promilleni tashkil etgan hamda 2023- yilning shu davriga nisbatan 1,1 promillega  ko‘payganligi kuzatildi.

So‘nggi 5 yilda viloyatimizga ko‘chib kelgan aholi sonining dinamikasi:

2020- yilda – 1 610 kishi

2021- yilda – 4 478 kishi

2022- yilda – 1 918 kishi

2023- yilda – 2 079 kishi

2024- yilda – 2 707 kishi.

 

Axborot xizmati