02/05/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.
2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 700,8 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 %ga oshgan.

  Matbuot xizmati