Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 329,7 mlrd so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 53,4 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat sanoatida 6 144 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Viloyatimizda 2024-yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 368 tani tashkil etib, jami son hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 22 764 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 650 taga ko‘paygan yoki    2,9 % ga o‘shgan.

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-mart oylarida xorijiy davlatlardan 29,0 mln AQSH dollari qiymatidagi oziq-ovqat mahsulotlari importini amalga oshirgan.

2024- yil yanvar-mart oyida viloyatimizning import tarkibida sanoat mahsulotlari (tovarlari) hajmi 4,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 31,2 % ga kamaydi.

2024–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 98,2 mln dona tuxum (2023–yilning yanvar–martiga nisbatan 1,8 %ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 170,9 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 4,8 %ini tashkil qilgan.

2024–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  43,7 ming tonna go‘sht (2023–yilning yanvar–martga nisbatan 2,7 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 5 474 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, xo‘jalik toifalari orasida sabzavotlar yetishtirishning eng katta hajmi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi  va 4413 tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 80,6 %ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Urganch (11,3 %), Qo‘shko‘pir (11,2 %), Xonqa (10,3 %) va Gurlan (10,1 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 1- may kuni  viloyat bo‘yicha yakka tartibda foydalanishga topshirilgan turar joylarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish tartibi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida respublikamizdagi umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 8,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

2024- yil yanvar-mart oyida viloyatimiz 46 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Rossiya, Islandiya, XXR, Germaniya, Braziliya, Turkiya va Belarus) jami importning 88,6 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Tuproqqal’a tumanining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 88,4 mlrd so‘mni tashkil qilgani holda, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % o‘sish kuzatildi.

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyatimizdan xorijiy davlatlarga 45,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,1 martaga yoki 36,7 ming tonnaga ko‘paydi.

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyatimiz eksporti tarkibida eng yuqori ulush Shovot tumani  hissasiga to‘g‘ri kelgan va 15,2 %ni yoki 14,0 mln AQSH dollarini  tashkil qilgan.