Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2021- yilning 1- yanvar holatiga sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 9 417,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2023- yilda mamlakatimizda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari Yangibozor tumanida ham keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra viloyatning 11 ta hududidagi (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) dehqon bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda mavjud dehqon va chorva bozorlarida uy xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari,parrandalar va chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2020- yilning 12 oyida chakana savdo tovar aylanmasi 7 911,1 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 2019- yilning yanvar-dekabr oylari bilan taqqoslaganda o‘sish 101,0 foiz ko‘rsatkichda qayd qilingan.