Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron tarzda topshirishingiz so'raymiz !!!

 

2019 yil  6  dekabrda Xorazm viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida   Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 7 iyundagi  01/2-06-11/4-175 - sonli xatni ijrosini ta’minlash va Davlat statistika qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan ishchi dasturning 4,5-bandlari ijrosini ta’minlash yuzasidan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodhonligi va bilimlarini oshirishga qaratilgan 9 - dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” mavzusida o‘quv-seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda A.Raximov – boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, R.Ro‘zmetov - O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi raisi, boshqarma bo‘lim boshliqlari va xodimlari, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi xodimlari, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari qatnashdi. Seminar yig‘ilishini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Raximov kirish so‘zi bilan ochib berdi, Viloyat statistika boshqarmasi tizimida Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 7 iyundagi 01/2-06-11/4-175 - sonli xati ijrosini ta’minlash, Davlat statistika qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan ishchi dasturning 4,5-bandlari hamda Boshqarmaning chora-tadbirlar rejasining 15-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodhonligi va bilimlarini oshirishga qaratilgan joriy yilning 9 - dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”  ekanligini eslatib,  so‘zni davom ettirish uchun boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Otajanovga berdi.    

Boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Otajanov, Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etilganligini. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolanganini, Konferensiyaning birinchi ish kuni  «9 dekabr» BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilinganlini yana bir bor eslatib o‘tdi.

SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiya qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonunni mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib va unda belgilab qo‘yilgan, korrupsiyani asosiy tushunchalari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quydagilardan iborat ekanligini aytib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatni korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabtni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha hayotini va barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularni keltirib chiqishiga imkon beruvchi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huqubuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrar ekanligini aytib o‘tdi.Shuningdek, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi bilan 2019 yil 12 noyabrda tuzilgan o‘zaro kelishuv asosida ish olib borish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi raisi R.Ro‘zmetov ham so‘zga chiqib, Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi deya o‘z fikrlarini bildirdi Xususan, yig‘ilishda tizimda mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan davlat statistika hisobotlarini qabul qilish, statistik ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida xolislik, beg‘arazlik, ochiq-oydinlik, oshkoralik, statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashgirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish prinsiplariga qat’iy amal qilish va nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi, bu borada yuz berishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni  qat’iy bartaraf qilish kerakligini aytib o‘tdi.Seminar yig‘ilishi yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

 

         

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash