Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron tarzda topshirishingiz so'raymiz !!!

 

Davlatimiz rahbari kecha suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda boʻlib, hududni tozalash, infratuzilma obyektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xoʻjaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-taʼmirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari natijasida bu yoʻnalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil boʻlgan chiqindilar yigʻishtirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. Oʻt oʻchirish mashinalari yordamida koʻlmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yoʻllar ochilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda.

Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar oʻz uylariga qayta boshladi. Boshqa joylarda tozalash-taʼmirlash ishlari tezkor surʼatlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur sharoitlar yaratilib, hayot yana oʻz iziga tushadi.

Prezidentimiz Sardoba tumanidagi Qoʻrgʻontepa mahallasini borib koʻrdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Ushbu mahalla fuqarolar yigʻinida 530 ta xonadon boʻlib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi boʻlib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga koʻchirilgan edi.

Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar oʻz uylariga qayta boshladi.

Davlatimiz rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol soʻradi. Barcha qatori ularga ham moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilishi, hech kim eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda qolmasligini yana bir bor taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda boʻldi.

O'zA

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash