Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Viloyat hokimligida tuman, shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, tadbirkorlar va hisobchilar ishtirokida soliq siyosatining takomillashtirilgan Konsepsiyasini amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish uchun belgilab berilgan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va shu yuzadan hududiy ishchi guruhi tashkil qilindi. 

Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vaziri SH. Kudbiev va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda soliqlarni soddalashtirish hamda soliq va boshqa to‘lovlar sonini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladilar.

2019 yildan boshlab soliq tizimini amaliyotga to‘liq tatbiq etish, ayniqsa qo‘shilgan qiymat solig‘ini keng joriy etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va bartaraf etish shuningdek, soliq to‘lovchilarga bu borada ko‘maklashish lozimligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Viloyatda soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lab kelayotgan va 2018 yil yakuni bo‘yicha 1 mlrd.so‘mdan ortiq tovar aylanmasini amalga oshirgan 676 ta yuridik shaxslar hamda 196 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar mavjudligini inobatga olib, ushbu tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tganligi hisobga olindi. Ishchi guruhi 213 ta tadbirkorlik sub’ektiga umumbelgilangan soliqlar bilan ishlay oladigan buxgalterlarga zarurat mavjudligini inobatga olib har 10 tasiga 1 tadan xodimlar biriktirildi va metodik qo‘llanmalar foydalanish uchun topshirildi.  

 Bundan tashqari kun tartibiga soliq to‘lovchilarga soliq va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda beg‘araz amaliy yordam va maslahatlarni berib borish, shuningdek, umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida o‘quv-seminar va treninglar o‘tkazishni tashkil etish, soliq to‘lovchilarga ko‘rgazmali va tarqatma materiallar etkazishni ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi. 

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash