Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 


Strict Standards: Only variables should be assigned by reference in /home/xorazmst/domains/xorazmstat.uz/public_html/plugins/content/loadmoduleinarticle/loadmoduleinarticle.php on line 63

Warning: Creating default object from empty value in /home/xorazmst/domains/xorazmstat.uz/public_html/plugins/content/loadmoduleinarticle/loadmoduleinarticle.php on line 77
Объем валового внутреннего (регионального) продукта
Структура валового внутреннего (регионального) продукта по видам экономической деятельности 
Темпы роста валового внутреннего (регионального) продукта
Объем и темпы роста валового внутреннего (регионального) продукта на душу населения 

 

Yalpi hududiy mahsuloti hajmi
Yalpi hududiy mahsuloti tarkibi
Yalpi hududiy mahsulotining o'sish sur'atlari
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot
Xorazm viloyati MDH va boshqa mamlakatlar bilan tashqi aylanmasi
Davlatlar kesmida eksport
Davlatlar kesmida import
Xududlar kesmida eksport
Xududlar kesmida import
Eksport va importning tarkibi (umumiy hajmga nisbatan foizda)

 

 

Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi (jamiga nisbatan; foizda)
Hududlar bo`yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi (amaldagi narxlarda; mlrd.so`m)
Hududlarda chakana savdo tovar aylanmasi hajmining o`sish sur`ati (o`tgan yilga nisbatan foizda)
Hududlar bo`yicha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi (amaldagi narxlarda; ming so`m)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2752-son qarori, 2016-2017 yillar uchun korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha amaliy harakatlar Kompleks rejasini o`z vaqtida va samarali amalga oshirish, davlat statistika organlarining ochiqliligini ta`minlash va Davlat statistika qo`mitasi tizimida korruptsiya holatlari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, Qo`mitaning 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2017-2018 yillarga mo`ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida, joriy yilning 18-28 sentyabr kunlari Qo`mita tizimi organlarining rasmiy veb-saytlari orqali “Davlat statistika organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha so`rovnoma” shaklida so`rovlar o`tkazildi.

So`rovlar tizimdagi korruptsiya holatlarining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo`yicha korruptsiya darajasini pasaytirish usullarini izlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu so`rovlar Qo`mita tizimi organlari rasmiy saytlari orqali tashkil etilib, respublikaning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, shuningdek axborotdan foydalanuvchilarning so`rovlarda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

O`z navbatida axborotdan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, so`rovnomalar o`zbek va rus tillarida taqdim etildi.

So`rovlarda respublikaning barcha hududlaridagi axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etib, ularning 53,5 foizini tadbirkorlik sub`ektlari, 11,6 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar vakillari, 11,6 foizini jismoniy shaxslar yoki ularning vakillari, 4,7 foizini talabalar hamda 18,6 foizini boshqa toifadagi axborotdan foydalanuvchilar tashkil etdi.

So`rovlarda barcha hududlarning to`liq qamrab olinishi natijasida, ularda respublikaning barcha tuman va shaharlarida yashovchi axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi.

O`z navbatida, so`rovlarning anonimligi ta`minlanib, shu bilan birga unda respondentning shaxsiga oid ma`lumotlar hech qaerda ko`rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblarning respondentga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo`l qo`yilmasligi kafolatlandi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan ushbu so`rovlar natijalari bo`yicha axborotlar tahlil qilinib, tahlil natijalariga ko`ra davlat statistika organlarida korruptsiyaga duch kelish holatlari, ularning davriyligi va yuzaga kelish sabablari atroflicha o`rganib chiqildi. Shuningdek, so`rovlar natijalari Davlat statistika qo`mitasining korruptsiyaga qarshi idoraviy komissiyasi yig`ilishida muhokama etilib, tizim organlarida korruptsiya holatlariga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Davlat statistika qo`mitasi, ushbu so`rovnomada ishtirok etib, ko`rsatgan yordamlari uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi!

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash