Oʻtamuratov  Asfandiyor Rustamovich 1979- yilning  13- noyabrida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tugʻilgan. Millati-oʻzbek. Maʻlumoti-oliy. 2000- yilda  Urganch davlat universitetini, 2002- yilda Toshkent Arxitektura va qurilish instituti magistraturasi bosqichini tugatgan.

A.Oʻtamuratov  mehnat faoliyatini 2003- yilda Urganch shahridagi “Feruz-Xorazm” OAJ da iqtisodchi  vazifasida boshlagan.

2008- yilda “DIYOR DESING GROUP”  xususiy korxonasiga rahbarlik qilgan.

2008- yildan   2009- yilgacha  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari,

2009-2010- yillarda boshqarmaning Turmush daraja va uy xoʻjaligi kuzatuvlarini oʻrganish boʻlimi boshligʻi v.b., boʻlim boshligʻi,

2010-2013- yillarda - Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimi boshligʻi,

2013-2019- yillarda - Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining  birinchi oʻrinbosari,

2019-2021- yillarda  -  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi,

2021- yilda – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm filiali yetakchi mutaxassisi,

2021-2022- yillarda – Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Sanoat statistikasi hamda  Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimlari boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.

Asfandiyor Oʻtamuratov  2022- yilning  5- may sanasidan eʻtiboran Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi  vazifasini bajarib kelmoqda.