15/03/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

 Ipak va ipak mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 tonnaga oshgan.

Yanvarda O‘zbekiston ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

 Xitoy – 1,6 mln.

Vetnam – 928 ming

Hindiston – 170 ming

Eron – 160 ming

Turkiya – 104 ming

 BAA – 54 ming AQSH dollari

 

Matbuot xizmati