23/03/2023

      2023- yilning 23- mart kuni Urganch shahridagi “ Shodlik” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.


      Mazkur seminarda 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-707-sonli) va 2019- yil 9- aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini xususida suhbatlashildi.


Axborot xizmati