05/06/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning may oyida paxta yog‘i narxlari aprel oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,3 % ga arzonlashgan.

 Paxta yog‘i narxlari 2023- yil boshidan beri o‘rtacha 7,4 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

 2023- yilning may oyida o‘tgan oyga nisbatan:

O‘simlik yog‘lari narxlari - o‘rtacha 1,7 % ga arzonlashgan.

Kungaboqar moyi narxlari - o‘rtacha 2,1 % ga arzonlashgan.

Sariyog‘  narxlari - o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.

 

Matbuot xizmati