06/06/2023

2023– yilning 1– aprel holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qora mollarning umumiy bosh soni 958,9 mingtaga yetdi.

Viloyat bo‘yicha eng ko‘p yirik shoxli qoramol Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 119,8 ming boshni tashkil qilgan.

2022- yilning mos davri bilan solishtirilgan qoramollar soni tumanda  1,3 mingtaga ko‘paygan.

Keyingi yuqori ko‘rsatkichlar Urganch tumani (116,4 ming bosh), Gurlan tumani (96.0 ming bosh) va Shovot tumani (93,6 ming bosh) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati