06/06/2023

  Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 14,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

 Gilam eksporti hajmi 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 mln AQSH dollariga oshgan.

 O‘zbekiston eng ko‘p gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):

Qirg‘iz R. – 7,5 mln

Tojikiston – 2,3 mln

Ozarbayjon – 1,8 mln

Rossiya – 1,5 mln

Afg‘oniston – 1,1 mln

— Qozog‘iston – 436 ming.

 

 Matbuot xizmati