07/06/2023

   Joriy yilning 7- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri A. Qurbonovlar Bog‘ot tumani, “O.Otajonov” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro K.Odamova xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.
   Kuzatuv dasturi asosida olib borilgan suhbat jarayonida respondentdan uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.


Axborot xizmati