20/10/2021

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti "Platina" (PLATINUM) darajasiga erishgan.

Londondagi Ochiq ma’lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori –"Platina" (PLATINUM) darajaga erishgan.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz)da 20 ta bo‘limda 279 ta jadval ko‘rinishida 2 mln. dan ziyod statistik ko‘rsatkichlar to‘plami va metama’lumotlar e’lon qilib kelinmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining yangi rasmiy veb-saytida geomanzilli ma’lumotlar xizmati joriy etilgan.                                                                       

                                    Matbuot xizmati