10/08/2022

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna choy import qilgan.                                                                          Choy importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 788 tonnaga oshgan.

  2022- yilning 6 oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 13,2 ming tonna
  • Keniya – 940 tonna
  • Eron – 432 tonna
  • Hindiston – 337 tonna
  • Indoneziya – 292 tonna
  • Shri-Lanka – 215 tonna
  • Rossiya – 149 tonna
  • Vetnam – 126 tonna
  •  Qozog‘iston  – 124 tonna
  •  BAA – 111 tonna

  Matbuot xizmati