27/09/2022

Joriy yilning 26- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida   seminar bo‘lib o‘tdi.   

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 19- yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kasbiy etika kodeksi”ning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Otajanov ushbu kodeksning maqsadi statistikaning ayrim odob-ahloq tushunchalari va yechimlarini kasbiy jixatdan o‘rnatilgan qat’iy qoidalarga emas, balki umumiy qadriyatlar va tajribaga asoslanishga imkon berishdan iborat ekanligiga e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

Shu  o‘rinda ish jarayonida kasbiy etika tamoyillariga qat’iy rioya etilishi statistika tizimi xodimlarining kasbiy saviyasi va salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

                                                                                     

                                                                                  Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech