27/09/2022

Xorazm viloyatida  joriy yilning 8 oyida  2 895,7 mlrd so‘mlik oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Shahar va tumanlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat bo‘yicha jami hajmidagi eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumani ( 47,8 %), Urganch shahri ( 27,0 %), Urganch tumani (5,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2021- yilning yanvar-avgust davri bilan solishtirilganda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atining viloyat ko‘rsatkichi ( 127,1 %)dan yuqori darajasi Urganch shahrida – 155,4 %ni, Urganch tumanida 146,8 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech