28/11/2022

Viloyatimizda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining statistik tahlil va metodologiya bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 28 - 30 noyabr kunlariga belgilangan “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 4796 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur sayyor o‘quv seminarlarida o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar  Davlat statistika qo‘mitasi va uning huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti  professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Ishtirokchilar seminar yakunida Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil uchun tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

 

Axborot xizmati