10/03/2023

Joriy yilning 10- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy mavzuda seminar o‘tkazildi. Seminarda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlar va tuman (shahar) statistika bo‘limlari (onlayn) boshliqlari ishtirok etishdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan seminarda shu yilning 15- fevralida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy mazmuni va undan kelib chiqadigan o‘zgarishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

 



Axborot xizmati