10/03/2023

2023- yilning  9- mart kuni  Urganch shahridagi  “Ko‘hna qal’a” mahallasida  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.


Mazkur seminarda  2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-707-sonli) va 2019- yil 9- aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini  xususida suhbatlashildi.

 



Axborot xizmati