Yangibozor tumanida joriy yilning dastlabki 2 oyida 24,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-fevral oylari bilan taqqoslaganda  0,6 % o‘sish kuzatilgan.

Joriy yilning 1- mart holatiga Bog‘ot tumanida 2 466 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 802 tasi faoliyat olib borgan.

2024- yilning 1- mart holatiga Gurlan tumanida 2 163 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 1 484 tasi faoliyat yuritgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda 67 766 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 548 tonna choy import qilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Xorazm viloyatining Qozog‘iston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 5,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat sanoatida 638,0 ming kv metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 2 oyida viloyat sanoatida 3 355 ta maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- mart holatiga viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 266 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat yuritgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha 883 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 110 taga kamaygan.

2024- yilning 1-  mart holatiga viloyatimizda  yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 605 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 Joriy yilning 1- mart holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 131 tani tashkil etib, hududlar kesimida eng ko‘p korxona Urganch shahri (53 ta), Urganch tumani (10 ta), Xonqa tumani (9 ta), Xiva shahri (9 ta), Xiva tumani (8 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida  Xiva tumanida 120,5 mlrd so‘mlik  xizmatlar ko‘rsatilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Shovot tumanida 31,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda  102,3 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida Tuproqqal’a tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 11,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar-fevral oylarida Urganch shahrida  439,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- mart holatiga  Qo‘shko‘pir tumanida  308 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2024- yilning yanvar-fevral oyida Yangibozor tumanining uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 7,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.