Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xitoy Xalq Respublikasidan qiymati 52,0 mln AQSH dollarlik mahsulot (xizmatlar) importini amalga oshirgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyati xorijga 42,1 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Xorazm viloyati xorijga qiymati 10,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13,2 ming tonna  meva va rezavorlarni eksport qilgan.

2023– yilning 1- iyul holatiga Shovot tumanining doimiy aholisi soni 178 120 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Tuproqqal’a tumanida viloyat sanoatining 50,1 %iga teng bo‘lgan 4827,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 196 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 212,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida 122,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga 232,5 mlrd so‘mlik markazlashgan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning 6 oyida Xiva shahrida umumiy hajmi 115,9 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Urganch shahrida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1434,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 %ga oshgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 16- avgust kuni ana shunday kuzatuvlardan biri viloyatning Xonqa tumani dehqon bozorida o‘tkazildi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 15- avgust kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi dehqon bozorlarida olib borildi.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda. Shovot tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shu kunlarda joylarga chiqqan holda mahallalarning xaritalarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu yilning 14- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Xorazm viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 392,7 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oʻsdi.

2023-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha respublikamizda sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 3 829,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalari xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi – 42,8 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar – 26,4 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari – 30,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 7 698 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Shundan,