Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 558,3 ming dona mobil telefonlar import qilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 469,6 trln. so‘mga yetdi. YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 235,0 trln. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 209,4 trln. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 25,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

2018-2023- yillar (yanvar- iyun oylari) kesimida Xorazm viloyatida kichik biznes subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi:

2023- yil yanvar-iyun oylarida  kichik biznes subyektlarining viloyatimiz xizmatlar sohasidagi ulushi 59,9 %ni yoki 3521,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2019-2023- yillarning yanvar- iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha qurilish sohasida umumiy hisobda 778 ta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Tuproqqal’a tumaniga 362 kishi ko‘chib kelgan va har 1000 aholiga nisbatan koeffitsiyenti 12,5 promillega teng bo‘lgan.

2023- yilning  dastlabki 6 oyida  Yangiariq tumanida  512 ta nikoh holati qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 8,5 promilleni tashkil etgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Xonqa tumanining doimiy aholisi soni 196 186 kishini tashkil qilgan.

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra viloyatimizdagi parrandalarning umumiy bosh soni 6 824,7 mingtaga yetdi. 2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni  538,0 mingtaga (8,6%) ko‘paydi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmining hududlar kesimida taqsimlanishi:

2023- yil yanvar-iyun oylarida Bog‘ot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 19,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 %ga ko‘paygan.

Joriy yilning  yanvar-iyun oylarida Hazorasp tumanida 934,8 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

Yangibozor tumanida 2023– yilning yanvar– iyun oylarida  163 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, ularning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda ovlangan 7679,5 tonna baliq hajmida eng yuqori ulushi Xiva tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 21,0 %ni tashkil qilgan.

 2023- yil  1- iyul holatiga Gurlan tumanida 118 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 862,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,3 % ga o‘sdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi.