Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning iyul oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,1 % ga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi 99,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,1 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-iyun oylarida  savdo sohasida 1 386 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati  42,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning 6 oyida viloyat importining o‘sishi tahlil qilinganda, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallari importida qayd etilgan va 194,5 %ni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan 291 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 224,9 mlrd so‘mlik mahsuloti ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda  2361,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning 6 oyi bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 110,7 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida asosiy kapitalga hajmi 213,2 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida  349,3 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 109,2 %ni tashkil qildi.

Yangibozor  tumanida 2023- yilning dastlabki 6 oyida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 208,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023– yilning yanvar– iyun oylarida viloyatda 9,6 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,1 % o‘sish kuzatilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha  turdagi xo‘jaliklar tomonidan 37,6 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,7 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  6 oyida  viloyatda  faoliyat yuritayotgan 23 152 tasi kichik korxona va mikrofirmaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili qilinganda, bir qator sohalarda ularning ulushi  oshgani seziladi.

2023- yil  yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida sanoat ishlab chiqarish hajmi 288,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanidagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan umumiy hajmi 202,1 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mahsulot hajmi 10,4 %ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish butun mamlakatimizda bo‘lgan kabi viloyatimizda ham olib borilmoqda. Xususan, tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lgan xonadonlarni raqamlanish holatlarini o‘rganish ishlari barcha tumanlarda davom etmoqda.

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda. Tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga  tushgan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan turar joylarning qurilish ko‘rsatkichlarini 1kv/mga nisbatan hisoblashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuv asosida statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.