2023- yil  yanvar-aprel oylarida Gurlan tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, shundan  tovar (xizmat)lar importi hajmi 4,2 mln dollar (41,6%)ga teng bo‘lgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida Bog‘ot tumanida 61,7 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 42,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, eng katta hajm bino va inshootlar qurilishi ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va  26,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo hajmi 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 39,6 mlrd so‘mni tashkil etgan, bu ko‘rsatkich viloyat umumiy hajmining 50,3%iga teng bo‘lgan.

Xonqa tumanida  2023- yilning yanvar-aprel  oylarida 80,6 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xiva tumanida joriy yilning dastlabki 4 oyida 161,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha savdo sohasida 179 ta yangi xususiy korxona tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Yangiariq tumanining eksporti  umumiy tashqi savdo tovar aylanmasining 44,5%ini yoki 9,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 566,5 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Viloyat statistika boshqarmasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, barcha xodimlarga ularning asosiy mazmunini etkazishga qaratilgan seminarlar har haftada tashkil etib kelinmoqda.

Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida o‘tkazib kelinayotgan tanlanma kuzatuvlar statistik ma’lumotlarni shakllantirishda muhim  manba bo‘lib xizmat qiladi.Statistika idoralari mas’ullari va xodimlari tomonidan shu kungacha deyarli barcha hududlarda xizmatlar sohasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 236,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,9 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 58,8 tonna tvorog ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar- aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 12 419 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 30 288 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 61 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 72 ming tonna polietilen eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xiva shahrida ko‘rsatilgan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 8,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3%ga oshgan.

2023- yilning 4 oyi mobaynida viloyatimizda kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 152,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 %ga teng bo‘lgan.

Xorazm viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 2023- yilning 1- may holatiga 585 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.