Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari hududlardagi bo‘lim xodimlari bilan birgalikda viloyatimiz bo‘ylab raqamlanmagan xonadonlar, nomlanmagan ko‘chalar soni, mahallalar kesimida xaritalarga kiritilmagan yangi turar va noturar joylarning mavjudligini aniqlab, uni monitoring qilib, mahalliy hokimliklar, kadastr idoralari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli ishlarni tashkil etmoqdalar.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Xorazm viloyati boʻyicha 1 244,2 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSH dollariga yoki 25,4 % ga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 024 946 kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1- iyun holatiga Hazorasp tumanida 144 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- iyun holatiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 2 624 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yil 1- iyun holatiga Xonqa tumanida 2 399 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ularning 2 009 tasi faoliyat yuritgan.  

2023- yilning yanvar-may oylarida Yangiariq tumanida  219 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil 1- iyun holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida jami 1 536 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning  yanvar-may oylarida Shovot tumanida viloyat bo‘yicha eng ko‘p , ya’ni 320 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning jami faoliyat yuritayotganlarga nisbati 21,3 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 809,4 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning tashqi savdo aylanmasi 386,1 mln AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 145,1 mln AQSH dollariga yoki 60,2 % ga ko‘paydi.

Bugun, 20- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I A.O‘tamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xujaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Yu.Polvonova Gurlan tumani, “Gulshan” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro Z.Hayitboyevning xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.

Joriy yilning 20- iyun kuni  Gurlan tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 167 ta mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (oʻtgan yilga nisbatan 7,6 foizga oʻsgan), shundan 1 088 tasi mehmonxona, 15 tasi motel va 64 tasi qisqa muddatli yashash uchun moʻljallangan boshqa joylar.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamiz bo‘yicha  ko‘rsatilgan  moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 88,9 % ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 7,0 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 4,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.