Idoraviy komissiya tarkibi

Egamov xakimboy Madrimovich Xorazm viloyati statistika boshqarmasining birinchi o'rinbosari, komissiya raisi
Bardiyev Umar Usmanbayevich Xorazm viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, komissiya raisining o’rinbosari
Kuryazov Kuryaz Artiqbayevich Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig’i, komissiya kotibi
Komissiya a’zolari:
Sadulla Xurshid Raximo'g'li Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig’i
To'raeva Nilufar Kuranbaevna Kadrlar bo'limi boshlig’i
Quchqarov Alisher Xusinbayevich Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi boshlig’i
Matyaqubov Ulug'bek Bakpulatovich Sanoat statistika bo'limi boshlig'i
Otajanov Islombek Qurbondurdiyevich Bosh yuriskonsult

Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib boorish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • viloyat statistika organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
Me`yoriy-huquqiy baza
Ishonch telefoni
  • TELEFON: (71)202-81-80, (62)226-17-07
Hisobotlar
Yangiliklar

#Huquqiy_savodxonlik

NASHR ETILGAN: 04/03/2024

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (2022- yil 12- yanvar, PQ-81-sonli) hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining (2023- yil 27- noyabr, RF-200-son)ning asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda seminarda fevral oyida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

#Huquqiy_savodxonlik

NASHR ETILGAN: 02/02/2024

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I. Otajonov “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240 sonil Prezident Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 20- iyundagi 37-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rahbatlantirish tartibi hamda ularni ta’qibga olinmasligini kafolatlash to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” ning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 07/12/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 6- dekabr kuni “9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagishlangan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Z.Rahimov ishtirok qildi. Seminarda boshqarma xodimlariga iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi va mavzuga doir savollarga batafsil javob berdi.

#Huquqiy_savodxonlik

NASHR ETILGAN: 01/12/2023

Bugun, 1- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2023- yil 27- noyabr) PF-200-sonli hamda “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2021- yil 23- mart) PF-6191-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyatini tanishtirishga bag‘ishlandi. Boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga ushbu qonunchilik hujjatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

NASHR ETILGAN: 16/11/2023

Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, tizimda turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir xodim bilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Huquqiy bilimlarni oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 27/10/2023

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga qabul qilingan qonunlarning yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan bir qatorda 2022- yilning may oyida qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 240-sonli Prezident qarorining maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, kelgusida davlat organlari va tashkilotlari oldiga korrupsiyani bartaraf etish yuzasidan qo‘yilayotgan vazifalar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha amaliyotga tadbiq etilayotgan mexanizmlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 27/09/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida shu yilning 27- sentabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Urganch shahar boʻlim boshligʻi N.Avazov ishhtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlar qatnashdilar. “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosi yuzasidan viloyatimizda, xususan, Urganch shahrida amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari yuzasidan ma’lumot berar ekan, N. Avazov korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikning ahamiyati, har qanday salbiy oqibatlarga olib keluvchi hatti-harakatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi birlashgan holda kurashish lozim

NASHR ETILGAN: 15/09/2023

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlariga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvini samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi korrrupsiya deb atalmish jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladigan illatga qarshi kurashga keng jamoatchilikni jalb etish uchun xizmat qiladi. Joriy yilning 15- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminar tizim xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va shu orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlandi. Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida (PF-6257-sonli, 2021- yil 6- iyulda qabul qilingan) belgilangan asosiy yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz bo‘laylik

NASHR ETILGAN: 30/08/2023

Joriy yilning 30- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, statistika idoralari xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Urganch tumani adliya bo‘limi mutaxassisi B.Yusupov va tuman Yuridik xizmat markazi bosh yuriskonsulti S.Berdiqlichyev ishtirok etishdi. Tadbirda korrupsiyaning jamiyatimiz uchun xavfi va zararli oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini ta’kidlandi. Bunda har bir xodim mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi, zimmasidagi vazifani bajarishga mas’uliyat bilan yondoshishi zarurligi uqtirib o‘tildi.

Korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish qonunlarni o‘rganishdan boshlanadi

NASHR ETILGAN: 04/08/2023

Joriy yilning 4- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, statistika idoralari xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoqlar hamda hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi. Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi qonunning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Korrupsiyaga qarshi har kuni va har joyda murosasiz munosabatda bo‘lish darkor

NASHR ETILGAN: 23/06/2023

Joriy yilning 23- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantiraylik!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi R.Ibragimov ishtirok etdi. Uchrashuvda boshqarma xodimlari bilan korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, ko‘rinishlari xususida suhbatlashildi, bugungi kunda jahon tajribasida ushbu illatga qarshi qanday jazo choralari qo‘llanilayotgani haqida alohida davlatlar misolida to‘laqonli ma’lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar viloyat adliya boshqarmasi misolida tushuntirildi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga kirib kelishi va namoyon bo‘lishiga oid ijtimoiy rolik namoyish etildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyani oldini olish va ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 08/06/2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har bir jamoada sog‘lom muhit hamda xodimlarning murosasiz munosabatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda 2023- yilning 8- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B. Melikmurotov tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir avvalida B. Melikmurotov boshqarma xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini alohida ta’kidladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiyani oldini olish maqsadida har bir xodim o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika idoralari rahbariyatiga xabar berishi lozimligi yig‘ilish davomida tushuntirib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish orqali xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ham takidlab o‘tildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

NASHR ETILGAN: 30/05/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 30- avgust kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari R.Kamalov, A.Atayevlar, Urganch tumani adliya boʻlimi boʻlim boshligʻi J.Otajonov va mutaxassisi S.Yaqubovlar ishtirok etishdi.

Seminarda ishtirokchilar iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab boʻlayotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtdilar va hududiy boshqarma xodimlarining mavzuga doir savollariga batafsil javob berdilar.

“Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga har birimiz mas’ulmiz” mavzusida seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 04/05/2023

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi jamiyatning barcha sohalarida ko‘zlangan barqaror rivojlanishni orqaga tortadigan, kerak bo‘lsa, jamiyatni iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutishiga olib keluvchi illatdir. Korrupsiyaga qarshi kurashni, avvalo uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan boshlash lozimdir. Bunda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 2023- yilning 4- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminar aynan shu masalalarga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov, boshliqning o‘rinbosarlari, tarmoq bo‘limlarning boshliqlari va xodimlari, tuman (shahar) statistika bo‘limi xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-419-sonli, 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan) va unda belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birgalikda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov statistika idoralari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlaridan turli statistik hisobotlarni qabul qilishda sun’iy to‘siqlarni yuzaga keltirmaslik kabi masalalarga alohida mas’uliyat bilan yondoshish zarurligini ta’kidladi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 05/04/2023

Joriy yilning 05- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Seminar yig‘ilishida Xorazm viloyat prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi D.Xudayorov hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining inson resurslari bo‘lim boshlig‘i X.Matyaqubovlar ishtirok qilib O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 03- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.Shuningdek,huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashi va uni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ham qischqacha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Viloyat statistika boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurash idoraviy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 29/03/2022

Joriy yilning 29- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5177- sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoa a’zolari o‘rtasida tushuntirish, “2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasining idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi" bilan tanishtirish hamda Davlat statistika dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda ochiqlik va shaffoflikka qat’iy amal qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hududiy boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov ushbu masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berish barobarida, statistika idoralarida yuridik shaxslarning iqtisodiy faoliyatiga daxldor turli masalalarda, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash jarayonida xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshishi hamda kasbiy etika qoidalariga rioya etishlari orqali har qanday korrupsiyaga daxldor holatlarning oldi olinishi lozimligini uqtirib o‘tdi.

Har birimizning huquqiy savodxonligimiz korrupsiyaning oldini olishda muhim qadamdir

NASHR ETILGAN: 24/06/2022

“Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda global muammo sifatida qaraladigan, taraqqiyotning barcha ko‘rinishlariga monelik qiladigan, insoniyatni tanazzulga yuz tutishiga sababchi bo‘ladigan salbiy omillardan biri, shubhasiz, korrupsiyadir. Ushbu illatga qarshi xalqaro miqyosda kurash olib borilayotgani ham uning jamiyat uchun naqadar xavf tug‘dirishidan dalolat beradi.

Bugun, 24- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – barqaror rivojlanish uchun to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Urganch shahar bo‘limi xodimi I. Ibrohimov ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yilning 6- iyulida qabul qilgan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmonining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida hududiy boshqarma xodimlariga tushuntirishlar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 04/09/2022

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 30- avgust kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari R.Kamalov, A.Atayevlar, Urganch tumani adliya bo‘limi bo‘lim boshlig‘i J.Otajonov va mutaxassisi S.Yaqubovlar ishtirok etishdi.Seminarda ishtirokchilar iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdilar va hududiy boshqarma xodimlarining mavzuga doir savollariga batafsil javob berdilar.

7- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

NASHR ETILGAN: 06/12/2022

7- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarmaning bosh yuriskonsult I.Otajonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchiligimizdagi o‘rni, Asosiy Qonunga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, 9- dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni nishonlanishi munosabati bilan bu sohada keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz miqyosida korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro tajribani tadbiq qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

2022- yil 16- dekabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi va Xorazm viloyat statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022- yilga mo‘ljalangan kompleks chora-tadbir rejasining ijrosi yuzasidan hamda Odob-ahloq qoidalarini to‘g‘risida.

NASHR ETILGAN: 26/12/2022

2022- yil 16- dekabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi va Xorazm viloyat statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022- yilga mo‘ljalangan kompleks chora-tadbir rejasining ijrosi yuzasidan hamda Odob-ahloq qoidalarini to‘g‘risida.

2022- yil 11- mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizimlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-240-sonli qaroriga binoan, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilmoqda, shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda hamda Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davlat organlari tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek,2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022- yil 1- sentyabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi «Ye-Antikorrupsiya» loyihasi to‘liq ishga tushirildi. Unga asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

NASHR ETILGAN: 07/02/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

2023- yilning 3- fevral sanasida viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash – doimiy kun tartibida bo‘lishi lozim” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda barcha tarmoq bo‘limlari va hududlardagi statistika bo‘limi xodimlari (onlayn) ishtirok etdilar.Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 11- mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan axborot berib o‘tdi.Qarorning ijrosi yuzasidan yig‘ilishda elektron formatda topshiriladigan barcha turdagi statistika hisobotlarini qabul qilish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonida shaffoflik va haqqoniylikka e’tibor qaratish tizimdagi har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

#Huquqiy_savodxonlik

NASHR ETILGAN: 01/03/2023

#Huquqiy_savodxonlik

Joriy yilning 01- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshish kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.Seminarda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan seminarda 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli Qonuni va 2022- yil 11- mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoaatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-240-sonli qarorlari mazmun-mohiyati hamda Odob-axloq qoidalari to‘g‘risidagi nizom tushuntirililib o‘tildi.

O‘quv seminar yig‘ilishi

NASHR ETILGAN: 30/03/2023

O‘quv seminar yig‘ilishi

Joriy yilning 28- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Seminar yig‘ilishida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Urganch shahar departament ma’sul xodimi O.E.Xadjayev ishtirok qilib O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 03- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 12- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlrining samardorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-81-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib o‘tildi.