Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga ko‘paygan.
Shundan:
Ayollar soni – 18 437,5 ming kishi;
Erkaklar soni – 18 696,7 ming kishi;
Shahar joylarda – 18 940,4 ming kishi;
Qishloq joylarda – 17 193,8 ming kishi.




