Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil 1- yanvar holatiga kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalaridagi o‘rinlar soni 35,9 mingtani tashkil etgan.
2019- yilga nisbatan o‘rinlar soni 17,2 mingtaga oshgan.
Kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni:
2019- yil – 18,7 ming o‘rin;
2020- yil – 30,1 ming o‘rin;
2021- yil – 31,4 ming o‘rin;
2022- yil – 32,9 ming o‘rin;
2023- yil – 35,9 ming o‘rin.

Matbuot xizmati



