29/10/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida  viloyatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 104,1 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 104,1 % ni, o‘rmon xo‘jaligida – 102,9 % ni, baliqchilik xo‘jaligida – 104,5 % ni tashkil qildi.

O‘sish sur’atiga asosan quyidagi mahsulotlar etishtirish hajmining oshgani ijobiy ta’sir ko‘rsatgan:

jami don – 123,1 %

pilla – 116,9 %

uzum – 105,2 %

sabzavot – 104,4 %

go‘sht – 104,0 %.

 Axborot xizmati