13/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabrida  Xiva tumanida  asosiy kapitalga 645,4 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 6,4 % ga ko‘paydi.

Umumiy hajmning 76,6 % ini markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tashkil qildi.

Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:

korxonalarning o‘z mablag‘lari – 45,3 mlrd so‘m

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 354,4 mlrd so‘m

aholi mablag‘lari – 87,5 mlrd so‘m

bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 7,2 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati