2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 274,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 7 575,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 3,5 % va 96,5 % ni tashkil etdi.
Nodavlat mulkchilikidagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Urganch shahrida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 12,1 %i), Urganch tumanida (9,4 %i) va Xiva tumanida (7,4 %i) qayd etildi.
Axborot xizmati