12/12/2024

Viloyat statistika boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida bir qator ta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.


Keng jamoatchilikni mazkur tadbirdan boxabar etish maqsadida ana shunday tadbirlar hafta davomida  Yangiariq tumanidagi 29- sonli, Urganch shahridagi 20 va 21- sonli, Gurlan tumanidagi 7, 8- sonli, Qo‘shko‘pir tumanidagi 18, 19-sonli umumta’lim maktablarida o‘tkazildi.

Tadbirlarda aholini ro‘yxatga olishga oid me’yoriy hujjatlar, ro‘yxatga olish ishlarini tashkil qilish tartibi va viloyatimizda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari xususida ma’lumotlar berdi.

 Axborot xizmati