Joriy yilning 27- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida ijro intizomi holatini tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tuman (shahar) statistika bo‘limlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagani sababli, 2025- yilning 1- yanvaridan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyning yakuni bilan ular tomonidan taqdim etiladigan 1-va 2-jadvallar umumlashtirilgan holda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Agentlikka taqdim etilishi belgilandi. Boshqarmaning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i D.Artiqov seminar davomida tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlariga ushbu amaliyotni joriy etilishi bilan bog‘liq tartib yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.
Axborot xizmati