07/01/2025

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Tuproqqal’a tumanida 48,5 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,0 % ni tashkil qilgan.

Tuman xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 16,7 % ga teng bo‘lgan.

Shuningdek, yuqori ulush savdo (30,3 %) va transport (29,2 %) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning 11 oyida Tuproqqal’a tumanining bozor xizmatlari hajmi 310,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati