Viloyatimizning bir qator hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 10- yanvar kuni viloyatning Tuproqqal’a, Xiva, Shovot, Yangiariq va Gurlan tumanlarida shu hududdagi statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan birgalikda mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Shuningdek, mahallalardagi raqamlangan va raqamlanmagan uylar soni, ko‘chalarning nom belgilari mavjudligi hamda mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati