2024- yilning yanvar-dekabrida kichik biznes subyektlarining viloyat eksportidagi ulushi 66,6 % ni tashkil etib, qiymati 254,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan.
Ko‘rilayotgan davrda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Hazorasp tumanida – 100,0 %, Qo‘shko‘pir tumanida – 96,7 %, Yangibozor tumanida – 96,3 %, Yangiariq tumanida – 85,7 %, Urganch tumanida – 84,7 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati