2025- yilning 12- fevral kuni Xiva shahridagi 4- sonli umumta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarajonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J. Bekchanov va shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Mamatsobirovlar ishtirok etishdi.
Bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati