12/02/2025

Shovot tumanida 2024- yilning yanvar-dekabr  oylarida  1 005,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 105,4 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi 5 5 22,6 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.

Tumanning viloyat sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 3,5 % ni tashkil qildi.

Hudud sanoatida yuqori hajm to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keldi va  672,9 mlrd so‘mni yoki 66,9 % ni tashkil etdi.

 Axborot xizmati