12/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabrida  Hazorasp tumanida  asosiy kapitalga 927,3 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 15,0 % ga ko‘paygan.

Umumiy hajmning 91,5 % ini markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tashkil qilgan.

Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:

korxonalarning o‘z mablag‘lari 104,4 mlrd so‘m

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 384,6 mlrd so‘m

aholi mablag‘lari – 281,1 mlrd so‘m

bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 78,8 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati