12/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabrida  Xiva tumanida  asosiy kapitalga 1 157,6 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 28,7 % ga ko‘paygan.

Umumiy hajmning 14,4 % ini (166,6 mlrd so‘mini) markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tashkil qilgan.

Markazlashgan investitsiyalarning tarkibi:

respublika byudjeti mablag‘lari – 21,4 mlrd so‘m

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 6,8 mlrd so‘m

hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 138,4 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati