13/03/2025

Joriy yilning 12- mart kuni viloyat statistika boshqarmasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda boshqarma, tuman (shahar) bo‘limlari xodimlariga 2025- yilning 24- fevralida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-sonli Qarori tanishtirildi.

Xususan, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va  bosh yuriskonsult I.Otajonovlar ushbu normativ hujjatlarda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, statistika tizimi faoliyatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, “Mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, statistika ishlari metodologiyasini xalqaro standartlar darajasiga chiqarish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

 

Axborot xizmati