2025- yil 1-aprel holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 24 847 ta korxona va tashkilotning eng koʻpi savdo tarmogʻiga toʻgʻri kelgan va 8 098 tani tashkil qilgan.
Bu jami korxonalar sonining 32,6 % ulushini tashkil etadi.
Faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha boʻlgan:
savdo – 8 098 ta
sanoat – 3 401 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 2 904 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 1 571 ta
qurilish – 1 411 ta
tashish va saqlash xizmatlari – 931 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish – 734 ta
axborot va aloqa xizmatlari – 387 ta
boshqa turlari – 5 410 ta.
Axborot xizmati