Viloyatimizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish ishlarining targʻibotiga bagʻishlangan seminar, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar davom etmoqda.
Joriy yilning 11- aprel kuni Hazorasp tumanidagi 38- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ana shunday oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirok etgan tuman statistika boʻlimi boshligʻi A.Alimov oʻquvchilarga aholini roʻyxatga olishning asosiy vazifasi va maqsadlari, tadbir natijasida olinadigan maʼlumotlarning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi haqida axborot berib oʻtdi.
Suhbat soʻnggida oʻquvchilarning savollariga javoblar berildi.
Axborot xizmati