2025- yil yanvar - mart oylarida viloyat boʻyicha avtomobil transportida 111,7 mln yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 % ga oshgan.
Hududlar kesimida tashilgan yoʻlovchi soni boʻyicha yetakchi oʻrinni Urganch shahri (24,1 mln kishi) egalladi.
Shuningdek eng yuqori koʻrsatkichlar:
Hazorasp tumanida - 10,7 mln
Xonqa tumanida – 9,8 mln
Gurlan tumanida - 9,6 mln yoʻlovchini tashkil qilgan.
Axborot xizmati