2025- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 3 855,6 mlrd soʻmlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 95,4 % ini tashkil qilgan.
2024- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 3,4 % ga oshgan.
Viloyatda jami ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Qoʻshkoʻpir (11,5 %), Urganch (11,4 %), Gurlan (10,2 %) va Xonqa (10,2 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.
Chorvachilik mahsulotlarining eng yuqori oʻsish surʻati esa Yangibozor (107,2 %) tumanida qayd etildi.
Axborot xizmati