Xorazm viloyatida 2025- yil 1- aprel holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 931 tani tashkil etdi.
Bu jami viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 3,7 % ini tashkil qiladi.
Hududlar boʻyicha eng koʻp soha korxonasi Urganch shahri (197 ta), Hazorasp (186 ta) va Xonqa (127 ta) tumanlarida faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda tashish va saqlash xizmatlari sohasida 39 ta yangi korxona tashkil etildi.
Axborot xizmati