Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 52,7 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga koʻp.
2025-yil yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar hajmi:
— Goʻsht (tirik vaznda) – 564,1 ming tonna
— Sut – 2 mln tonna
— Tuxum – 1,5 mlrd dona
— Sabzavotlar – 79 ming tonna.
Matbuot xizmati